Yozyovon tumani 6-maktab

Yozyovon tumani 6-maktab

Share

Farg`ona viloyati Yozyovon tuman MMTBga qarashli
6-umumta'lim maktabi

Photos from Yozyovon tumani 6-maktab's post 01/06/2026

Якуний давлат имтихонларига старт берилди. Она тили ва адабиёт

Photos from Yozyovon tumani 6-maktab's post 26/05/2026

“ЮКСАК МАЪРИФАТЛИ АВЛОД — УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ПОЙДЕВОРИ”

Ёзёвон туманидаги 6-мактабда Сўнгги қўнғироқ тадбири ўтказилди. Байрам тадбирида ўқитувчилар, ота-оналар, нуронийлар ҳамда кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этиб, битирувчиларнинг ҳаётидаги энг унутилмас ва ҳаяжонли лаҳзаларга гувоҳ бўлишди.

Тадбир аввалида Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси янгради.
Туман прокурори Жаҳонгир Акбаров Ўзбекистон Республикаси Президентининг мамлакатимиз ёшлари ва битирувчиларига йўллаган байрам табриги ўқиб эшиттирилди. Президент табригида ёш авлодни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, уларнинг замонавий билим ва касб-ҳунар эгаллаши учун яратилаётган имкониятлар, шунингдек, Ватан тақдирига дахлдорлик ҳисси билан яшайдиган баркамол авлодни тарбиялаш масалалари алоҳида таъкидланди.

Тадбирда туман прокурори битирувчиларни мактабни муваффақиятли тамомлаётгани муносабати билан самимий муборакбод этди.

Ўз табрик сўзида у мамлакатимизда таълим соҳасига қаратилаётган юксак эътибор, ёшларга яратилаётган кенг имкониятлар ва Янги Ўзбекистонни барпо этишда билимли, юксак маънавиятли ёшларнинг ўрни беқиёс эканини таъкидлади.

Шунингдек, битирувчиларга келгуси ҳаёт йўлида улкан муваффақиятлар, орзу-мақсадларига етишиш, танлаган касбида юрт корига ярайдиган етук мутахассис бўлиб етишишларини тилади. Ёшларни қонунга ҳурмат, юксак маънавият ва ватанпарварлик руҳида яшашга чақирди.

Photos from Yozyovon tumani 6-maktab's post 22/05/2026

PREZIDENT SOVRINI MUBORAK!

Uzoq kutilgan va sharafli tanlov nihoyasiga yetdi! Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichida maktabimiz terma jamoasi yuksak bilim va tayyorgarlik namoyish etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Ushbu g‘alaba nafaqat maktabimiz nufuzini ko‘tardi, balki jamoamizga 50 000 000 (ellik million) so‘mlik pul mukofotini ham taqdim etdi!

Tanlov jarayonida o'quvchilarimiz xorijiy tillarni bilish darajasi, grammatika, tinglab tushunish va eng asosiysi — jamoaviy birdamlik bo'yicha haqiqiy bilimdon ekanliklarini isbotlay olishdi.

Bu natijaning ortida kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay o‘quvchilar bilan ishlagan ustozlarimizning zahmatli mehnati, bilimga chanqoq o‘quvchilarimizning intilishi hamda maktab ma'muriyatining qo‘llab-quvvatlashi yotibdi.

12/05/2026

IELTS muborak bo`lsin!

Maktabning 10-A sinf o`quvchisi Mashrabov Xasanboy Muhammadsoli o`g`li ingliz tili fanidan navbatdagi va eng muhim sertifikatini qo`lga kirtidi.

Photos from Yozyovon tumani 6-maktab's post 07/05/2026

Maktabning 5-A sinf o`quvchilari Abdurashidov Abduraxmon Abdurasul o`g`li hamda Sodiqov Shukurillo Ismoiljon o`g`li Ixtirochilik qobiliyatlari sabab maktabga o`zlari yasagan eloktromobil va elektr skuterlarini taqdim qildilar.

Kelajakda ushbu yigitlardan yanada ajoyib g`oyalar kutib qolamiz.

30/04/2026

Bugun maktabimiz o‘qituvchisi viloyat bo`yicha yuqori natijaga erishdi

🔰Yozyovon tumani 6-sonli umumta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi Kamilov Solijon Usmonaliyevich attestatsiya jarayonida yuqori natija ko‘rsatdi.

♻️U 92 ball to‘plab, o‘zining oliy toifasini munosib himoya qildi hamda 70 foizlik ustama olish huquqini qo‘lga kiritdi.

🟢Bu natija o‘qituvchining kasbiy mahorati, zamonaviy yondashuvlarga asoslangan dars berish uslubi va o‘z ustida tinimsiz ishlashining yaqqol ifodasidir.

✔️Ta’kidlash joizki, bunday yutuqlar ta’lim tizimida sifatni oshirish, o‘qituvchilarning malakasini yanada rivojlantirish va yosh avlodga sifatli ta’lim berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Photos from Yozyovon tumani 6-maktab's post 15/04/2026

Kelajak egalariga e’tibor va ehtirom

Bugun maktabimizda o‘zgacha shukuhli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bitiruvchi 9-sinf o‘quvchilarimiz mehmoni bo‘lishdi.
⚡️ Energetika sohasi mutaxassislari o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qurib, sohaning sir-asrorlari, mashaqqati va sharafli jihatlari haqida so‘zlab berishdi.
📚 Tadbirning eng quvonarli qismi shundaki, mehmonlar tomonidan har bir bitiruvchiga sifatli kitoblardan jami 70 dan ziyod sovg‘a qilindi. Bu nafaqat sovg‘a, balki yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlash ramzidir.

Yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan soha xodimlariga maktabimiz ma’muriyati va o‘quvchilar nomidan minnatdorchilik bildiramiz!

Photos from Yozyovon tumani 6-maktab's post 13/04/2026

BILIMDONLAR ,,ZAKOVAT"DA BELLASHDILAR.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi "Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ96-son Qarori ijrosi yuzasidan umumiy o'rta ta'lim maktablari jamoalari o'rtasida ,,Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. ,,O'ktamobod" majmuasidagi bu tadbirda 40 ta maktab jamoasi o'zaro bellashdilar.
Musobaqada 6-maktab jamoasi 1-o'rinni egalladi. G'olib jamoa a'zolarilarga tuman hokimligi tashakkurnomasi, qimmatbaho sovg'alar, kitoblar jamlamalari topshirildi.

Prezidentimizning PQ96-son qaroriga asosan respublikada faxrli o'rin sohibi bo'lgan jamoa a'zolari oliy o'quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. G'olib jamoa a'zolariga viloyat bosqichida omad tilaymiz.

Photos from Yozyovon tumani 6-maktab's post 18/03/2026

Bugun Fargʻona viloyati Yozyovon tumani 6-umumtaʼlim maktabida 5-6-sinf oʻquvchi qizlari oʻrtasida an’anaviy "Balli qizlar" tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. Navro‘z ayyomi arafasida o‘tkazilgan ushbu bellashuv qizlarning milliy urf-odatlarimizga sadoqati va ijodiy mahoratini namoyish etdi.

✨ Tanlov ishtirokchilari quyidagi 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdilar:

Tanishtiruv — ishtirokchilar o‘z chiqishlarini she’riy va ijodiy tarzda namoyish etishdi.

Soch oʻrish — o'zbekona go'zallik timsoli bo'lgan soch o'rish san'atida qizlar o'z mahoratlarini ko'rsatdilar.

Milliy raqs — go‘zal va jozibali raqslar orqali milliy san’atimiz tarannum etildi.

Applikatsiya usulida guldasta tayyorlash — qizlarning ijodiy fantaziyasi va qo‘l mehnati natijasida ajoyib guldastalar dunyoga keldi.

Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. Bunday tadbirlar qizlarimizni kelajakda har tomonlama barkamol, epchil va zukko bo‘lib yetishishlarida xizmat qiladi. Tojiboyeva Dilshodaxon Baxodirjon qizi

Photos from Yozyovon tumani 6-maktab's post 18/03/2026

🌸 Navro‘z nafasi 6-maktabda!
Bugun maktabimizda bahoriy kayfiyat o'zgacha shukuh bilan qarshi olindi. 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Jorayeva Muyassarxon rahbarligidagi 3-"E" sinfida o'tkazilgan "Odatingni tark etma, Navro‘z!" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir barchaga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Tadbir davomida:

Milliy qadriyatlar: O'quvchilar tomonidan Navro‘z an'analari, urf-odatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Ijodiy chiqishlar: Bahorni tarannum etuvchi she’rlar, sho'x kuy-qo'shiqlar va raqslar tadbirga o'zgacha fayz kiritdi.

Ma'naviy meros: "Odatingni tark etma" g'oyasi ostida yosh avlodga milliy o'zlikni anglash va an'analarni e'zozlash tushunchalari hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

Bunday tadbirlar bolajonlarning qalbida vatanparvarlik va milliy g'urur tuyg'ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Want your business to be the top-listed Beauty Salon in Fergana?
Click here to claim your Sponsored Listing.

Telephone

Website

Address

Yozyovon Tumani Soybo`yi MFY, Shukrona Ko`chasi 65-uy
Fergana
HTTPS://WWW.GOOGLE.COM/MAPS/PLACE/6-MAKTAB/@40.6625717,71.71495,18.25Z/DATA=!4M6