Anjir.jt
Sog'lom (jinsiy) hayot tarzini o’rgatuvchi O'zbekistondagi birinchi loyiha
20/11/2024
Женская,и мужская репродуктивные системы.
Половые железы- гонады: яичники и яички.
Половые железы вырабатывают половые гормоны и половые клетки: яйцеклетки и сперматозоиды
Половые клетки: у женщин ХХ-хромосомы, у мужчин ХУ-хромосомы
08/11/2024
O‘zbek-MDK O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan 10 familiyani e’lon qildi. Ro'yxatda sizning ismingiz bormi?
Uzbek-MDK опубликовал Топ-10 самых часто встречающихся фамилий в Узбекистане. А Ваша фамилия есть в списке ?
06/11/2024
ПОЛОЖЕНИЕ Кабинета Министров от 25 августа 2003 г. № 365
"О медицинском обследовании лиц, вступающих в брак".
1. Действие настоящего Положения распространяется на все браки, регистрируемые органами ЗАГС Республики Узбекистан, независимо от гражданства лиц, вступающих в брак за исключением регистрации брака лиц в возрасте старше 50 лет, когда медицинское обследование этих лиц проводится только с их согласия.
2.Лица, вступающие в брак, проходят бесплатную диспансеризацию (кардиолог, эндокринолог, ревматолог и уролог, а также УЗИ, ЭКГ, общий анализ крови и уровень сахара в крови), медицинское обследование на психические (шизофрения, эпилепсия, олигофрения), наркологические, венерические заболевания, туберкулез и ВИЧ/СПИД.
3. Лица, вступающие в брак, проходят бесплатную диспансеризацию. В случае необходимости в процессе медицинского осмотра генетических обследований для лиц, вступающих в брак, эти анализы могут проводиться на платной основе по взаимному согласию.
05/11/2024
Поза 69 после 30-лет
15/10/2024
10/05/2023
Shamlar, kechki ovqat, gullar, atirlar... Uyqusiz va ehtirosli tunga ancha tayyorlandingiz kutdingiz, ammo barchasi 3 daqiqada tugadi. Kayfiyatni tushuradi, shunday emasmi?
Erkaklarda erta bo'shashish, ya'ni orgazm juda tez kelishi. Bu olatning vaginaga kirishi bilan yoki jinsiy aloqa boshlanganidan bir necha daqiqa o'tgach sodir bo'lishi mumkin. Hatto, ba'zi hollarda, eyakulyatsiya kirishdan oldin ham sodir bo'lishi mumkin.
Erta eyakulyatsiyaning aniq bir sababi yo'q, u jismoniy, psixologik yoki hatto genetik bo'lishi mumkin. Psixologik omillarga quyidagilar kiradi:
• o'ziga past baho berish;
• stress;
• travmatik jinsiy tajriba.
Jismoniy omillar:
• jinsiy olatni yuqori sezuvchanligi;
• prostata bezi kasalliklari;
• Qandli diabet;
• Spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste'mol qilish;
• Qalqonsimon bez kasalliklari.
Ushbu turdagi holatni davolaydigan mutaxassis urolog / androlog hisoblanadi. Va bu holatga duch kelgan har qanday erkak shifokorga murojaat qilishi kerak.
10/05/2023
10/05/2023
Ishonchli kontratseptsiyani tanlash oson ish emas va bu masala shifokor bilan muhokama qilinishi kerak.
Kontratseptsiya - bu kontratseptiv vositalar yordamida homiladorlikning oldini olish.
Qanday qilib istalmagan homiladorlikning oldini olish mumkin?
«Vaqtida» jinsiy aloqani to’xtatish va kalendar usuli kabi usullar ishonchli va samarali emas. Bugungi k***a har hil kontrasepsiya vositalari mavjud:
• To'siq usullari
Prezervativlar
Spermatozoidlarning bachadonga kirishiga yo'l qo'ymaydi. Prezervativlar ham erkaklar, ham ayolar uchun mavjud.
Spermitsidlar
Spermitsidlar spermatozoidlarning harakatlanishini to’htatadigan moddalardir, buning natijasida ular bachadon bo'shlig'iga kira olmaydi.
• Bachadon ichi usullari
Spiral
Bachadon bo'shlig'iga shifokor ginekolog tomonidan joylashtirilib istalmagan homiladorlikning oldini olishga yordam beradi. Ko'pgina spirallar tarkibiy qismi bo'lgan mis va kumush spermatozoidlarga salbiy ta'sir qiladi, ular o'z vazifalarini bajara olmaydi.
• Gormonal kontratseptsiya
Bu bugungi k***a mavjud bo'lgan eng samarali usul. Homiladorlikni nazorat qilish tabletkalari ayol tanasi ishlab chiqaradigan bir xil jinsiy gormonlarni o'z ichiga oladi. Ushbu gormonlar ovulyatsiyani oldini oladi va shuning uchun homiladorlikni imkonsiz qiladi, albatta, agar siz dotilarni iste’mol qilishning barcha qoidalariga rioya qilsangiz. Tabletkalar har kuni, bir vaqtning o'zida ichilishi kerak.
10/05/2023
Statistikaga ko‘ra, sayyoramizdagi har uchinchi erkak jinsiy olati hajmidan norozi. Nega unday? Normal uzunlik qancha? O‘lcham shunchalik muhimmi? Bu va boshqa noqulay savollarga Anjir loyihasi javob beradi!
Norma qanday o‘zi?
Ko‘pchilik erkaklar o‘z jinsiy olatini uzunligidan norozi bo‘lishlari ularning meʼyor haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega ekanligi bilan bog‘liq. Shubhasiz, ayb p***o sanoatida! O‘smirlar ko‘pincha jinsiy aloqa haqida p***o filmlar orqali bilib olishadi. Bunday filmlar ishtirokchilari odatda ajoyib jismoniy o‘lchamlarga ega. O‘zingizni bu aktyorlar bilan solishtirish unchalik yaxshi fikr emas. Natijada, aʼzo qancha uzun bo‘lsa, jinsiy aloqa shunchalik zo‘r bo‘ladi degan noto‘g‘ri fikr paydo bo‘ladi. Bir narsani tushunish kerak, odatda ayollarning qini 13-15 sm bo’lib, u yerga 25 sm olatning kirishi ayol uchun ham, erkak uchun ham juda og'riqli va qiyin kechadi. Natijada, erkaklarning jinsiy a’zosi sinishi mumkin.
Tinch holatda jinsiy olat qanchalik katta bo‘lsa, ereksiya paytida shunchalik kattalashadi degan fikrga ham qo‘shilmaymiz. Ko‘plab tadqiqotlar buni rad etdi. Bo‘shashgan holatda katta jinsiy olat ereksiya paytida birozgina kattalashadi, ammo kichik jinsiy olat sezilarli darajada kattalashishi mumkin. Tadqiqotlar bo‘yicha, ereksiya holatida jinsiy olatning o‘rtacha uzunligi 13,1 sm, tinch holatda esa o‘rtacha 9,2 sm.
Shuni taʼkidlash kerakki, munosabatlarda jinsiy olatning uzunligidan afzalroq va muhimroq narsalar juda ko‘p, bular: aql, ichki dunyo va boshqa ko‘plab fazilatlar. Aziz erkaklar! Ishoning, agar siz shaxsiy gigiyenaga va tozalikka rioya qilsangiz va eng muhimi, ayolingizga ko‘proq eʼtiborli va mehribon bo‘lsangiz, sizning o‘lchamlaringiz u uchun oxirgi o‘ringa tushadi!
Esingizda tuting, muhimi jinsiy aʼzoning o‘lchami emas, balki uni mahorat bilan to‘g‘ri ishlata olishda!
10/05/2023
Ko'pchilik testosteron faqat erkak tanasida ishlab chiqariladi, deb hisoblaydi. Aslida, bu gormon ayollarning tanasida ma'lum miqdorda bo’lishi normaldir.
Ayollarda testosteronning ko'payishi qanday namoyon bo'ladi?
Ayolning qonida testosteronning yuqori darajadaligini nafaqat laboratoriya tekshiruvi natijalari, balki ba'zi alomatlar bilan ham aniqlanish mumkin. Alomatlar juda xilma-xil bo'lishi mumkin, ammo ulardan kamida bittasining mavjudligi qo'shimcha tekshiruvlar o’tqizishingiz uchun sababdir:
• hayz ko'rishda tartibsizlik
• tanada ilgari tuklar o'sishi kuzatilmagan joylarda soch o'sishi kuchayadi, soch tolalari esa qattiqlashadi
• terining yomon holati - teri quriydi yoki haddan tashqari yog'li bo'ladi
• kayfiyatning o'zgarishi: ayol asabiy bo’ladi, uyqusi buziladi, ba'zan depressiv holatlar kuzatiladi;
• tanasi erkak tanasi turiga o'xshash qo’pol bo'ladi
• Jinsiy aloqada istagi yo'qoladi
• ayolning ovozi erkaknikidek qo'pol bo'lib qoladi
Ko'tarilgan testosteron professional tibbiy va ba'zan jarrohlik davolashni talab qiladi.
10/05/2023
Bizning mutaxassislarimiz sizni tashvishlantirayotgan barcha savollarga javob berishga tayyor!
Anonim botimizga o'tish uchun xavola
https://t.me/anjir_jinsiytarbiya
10/05/2023
Zamonaviy jamiyatda erkaklar uchun intim gigiyena qoidalari afsuski hali ham juda yopiq mavzu. Ko'pincha erkaklar gigiyenasi har kuni umumiy dush qabul qilish, tishlarini yuvish, soqol va qo'ltiqlar ostidagi tuklarni olishni tushunishadi.
Har bir erkak bilishi kerak bo'lgan bir nechta oddiy qoidalar mavjud:
Har safar hojatdan keyin jinsiy olatni suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Agar buning iloji bo'lmasa, siydikning qoldiqlarini gigiyenik salfetkalar bilan artib tashlang. Bu bilan siz yallig'lanish va yoqimsiz hid paydo bo'lishining oldini olgan bo’lasiz.
O'g'il bolalar va erkaklar uchun ichki kiyimlar faqat tabiiy matolardan tikilgan bo'lishi kerak. Juda keng yoki tor ichki kiyim kiyish tavsiya etilmaydi.
Defekatsiyadan keyin orqani xona haroratidagi suv bilan yuvishni unutmang. Tualet qog'ozidan foydalangandan keyin qolgan najas qoldiqlari yallig'lanishni qo'zg'atishi mumkin, bunga yo'l qo'ymaslik kerak.
Bundan tashqari, jinsiy olat sohasidagi tuklarni tozalab olib tashlash tavsiya etiladi. Bu bakteriyalarning ko'payishi ehtimolini kamaytiradi va yomon hidlardan himoya qiladi.
Jinsiy aloqadan oldin va keyin dush qabul qilish. Ushbu protsedurani e'tiborsiz qoldirmaslik kerak, aks holda, bir muncha vaqt o'tgach uretra atrofida yallig'lanish paydo bo'lishi mumkin.
25 yoshdan keyin yiliga bir marta urolog profilaktik tekshiruvidan o'tish tavsiya etiladi. Odatda, kuchli jins vakillari shifokorlarga imkon qadar kamdan-kam hollarda murojaat qilishga harakat qilishadi. Ammo, bu tekshiruvlar jinsiy infeksiyalar, prostatit yoki prostata adenomasi kabi jiddiy kasalliklar rivojlanishining oldini olishga va erta bosqichlarda aniqlashga yordam beradi.
Agar sizda erta bo’shanish, ereksiya bilan bog’liq muamolar, jinsiy a’zolarda noqulaylik yoki og'riq paydo bo'lsa, noodatiy toshmalar paydo bo'lsa - darhol shifokorga murojaat qiling.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Category
Address
Tashkent
