Algomed
�AlgoMed� Tibbiy diagnostika markazi
Bizning xizmatlar:
- Barcha turdagi laborator tekshiruvl
31/12/2023
Barchani Yangi 2024 yil bilan tabriklaymiz!
AlgoMed jamoasi
08/04/2022
Bahorda vitaminlar tanqisligi
🌱 Uyg'onish faslida hammada lanjlik, holsizlik, yomon kayfiyat kuzatiladi. Bunga yaqqol sabab organizmdagi vitaminlarning tanqisligi hisoblanadi.
🧑🏻⚕️ Algomed ekspertlari foydali amallar orqali bu holatlardan chiqib ketish yo'llarini eslatib o'tishni lozim deb bildi.
🚀 Yuqoridagi amallarni muntazam qilib borish orqali bahorgi kayfiyatingizni a'lo darajaga chiqarib olasiz.
Sizdagi bahorgi kayfiyat qanday?
24/03/2022
Beldagi disk churrasi (Grija)ni aniqlash yo'llari
🙇🏻♂️ Tibbiyotning organizmni haddan ziyod zo‘riqtirmaslik yoki keskin va qaltis jismoniy harakatlar qilmaslik kabi maslahatlariga ko'p insonlar e'tibor berishmaydi. Buning oqibatida esa jiddiy muammolardan biri, ya'ni grija(disk churrasi) yuzaga keladi.
✅ Disk churralari og‘riqli va insonni zaiflashtiruvchi kasallik bo'lib, uning kelib chiqishi a’zolarning kam harakatligiga hamda noziklashuviga sabab bo‘ladi. Ba’zida u og‘riqsiz kechadi, chunki disk hech qanday nerv tolasini siqib qo‘ymasligi ham mumkin.
Tananing bel qismida grija bor yoki yo'qligini diagnostik yo'llar orqali aniqlash mumkin bo'lib, ularga:
🔹 Bel umurtqasining rentgeni;
🔹 Bo'g'imlarni U*I orqali tekshirish;
🔹 Yumshoq to'qimalarni MRT qilish kabi metodikalar kiradi.
🚀 Yurtimizda yuqoridagi diagnostik tekshiruvlar bilan shug'ullanuvchi klinikalar bor. AlgoMed diagnostika markazi ham aynan shunday maskanlardan biri bo'lib, u yerda malakali shifokorlar orqali ko'riklar amalga oshiriladi.
Agar siz bizning diagnostika xizmatimizdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, hoziroq bizga murojaat qiling!
📞 Telefon: 99 188 46 00 | 99 188 47 00
04/03/2022
Diabetdan nari bo'ling
🍬 Dunyoda hozirgacha aniqlangan kuchli kasalliklar turi talaygina. Ularning eng mashhurlaridan biri qandli diabet kasalligidir.
✅ Qandli diabet kasalligi haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishimiz orqali ehtiyot choralarini kuchaytirishimiz mumkin.
💁♂️ Yuqoridagi surat bu borada sizga yordam berib, unda bir qancha foydali ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
01/03/2022
Algomed Buka shahrida...
🌙 Hayrli amal barchamizning hayotimiz va oxiratimiz uchun birma-bir yeg'ib boriladigan boylikdir. U bilan boy bo'lib jannatga kiramiz, yoki...
🏰 Doimiy tarzda foydali amalga intilish ham insonlar taqdirining nihoyasini hal qiladi. Barchamizga ma'lumki, Buka shahrida muhtoj oilalar uchun "Jannatdagi qasrlar" loyihasi bo'lib o'tmoqda. Unga har qanday ko'ngilli, savobga nisbatan xohishi yuqori bo'lgan inson xoh moddiy bo'lsin, xoh jisomoniy bo'lsin, yordam berib boryapti.
🎗 Bizning Algomed jamoasi rezidentlari va xodimlari ham aynan ezgu amal qilishda to'g'ri namuna bo'lishni istagan holda uning qantashchisiga aylanib, loyiha rivoji uchun oz bo'lsada hissa qo'shishdi.
📸 Yuqorida ish jarayonlaridan ba'zi suratlar bilan tanishib chiqishingiz ham mumkin.
Barchamizga shu va undan-da foydali, manfaatli ishlarning faol ishtirokchisi bo'lish nasib qilsin!
01/03/2022
Bolalarni koronavirusdan asrash
☣️ Covid-19 virusining yangi shtammi bo'lmish "Omicron" oldingi turlardan xavfliroq ekanligi isbotlandi. Shu munosabati bilan ehtiyot choralari kuchaytirilib, o'quv yilining qishki ta'tili uzaytirildi.
💁🏻♂️ Shu o'rinda bolalarni zararlanishdan avaylash maqsadida choralar ko'rish hozirda keng qo'lamda amalga oshirilmoqda. Biz ham ota-onalarga farzandlarini ehtiyotlash borasida himoya qoidalarini eslatib o'tsak, foydali bo'ladi deb o'ylaymiz.
• Bola esh*tgan emas, ko'rgan narsalarini yaxshi eslab qoladi. Shuning uchun unga virusdan himoyalanish tartib-qoidalarini ko'rsatib bering. Bunda siz qo'lni sovunlab yuvishni, yo'talayotgan odamga yaqinlashmaslikni tushuntirib o'tishingiz mumkin.
• Ular bilan ko'proq suhbatlashib turing. Farzandingizni kasallanishini oldini olish yo'llaridan biri, unga o'zini noqulay sezsa darhol aytishini o'rgatish.
• Gaplashayotganingizda yolg'on ishlatmang va vaziyatni ularning "tilida" tushuntiring. ni turli xil aldovlar bilan yupatishadi. Bu harakat o'rniga yangiliklarni o'qib, uni tushunishga harakat qilishni o'rgatganingiz farzandingiz uchun ancha foydali bo'ladi.
• Immunitet bilan alohida shug'ullaning. Kasallikni immuniteti yuqori bo'lgan, sog'lom odamlarga yuqish ehtimoli kamroq bo'ladi. Zararlanish kuzatilgan taqdirida esa virus oson kechadi.
📌 Farzandingizni himoyalash uchun eng avvalo o'zingiz ham sog'lom bo'lishingiz kerak. Bu esa ular uchun qilinadigan muhim va ilk yordam hisoblanadi.
01/03/2022
Umurtqangiz to'g'ri bo'lishi uchun
🙇🏻♂️ Inson umurtqasi uning harakatlanishini ta'minlovchi ustundir. Unga zarar yetishi yoki qiyshiq o'sishi tibbiyot tilida osteoxondroz deb atalib, davolanilmasa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
⚡️ Ostrexondrozning belgilari intervertebral disklar lezyonlarining lokalizatsiyasiga qarab belgilanadi. Kasallik alomatini bel, ko'krak, oyoq kabi tana a'zolarining qattiq og'rishi, nafas qisilishi, barmoqlar zirqirashi orqali bilsak bo'ladi.
💁🏻♂️ Tanamizdagi umurtqa qismini to'g'ri bo'lishi hamda ostrexondrozdan saqlanish uchun avvalo og'ir ko'tarishdan, qattiq kuchanishdan saqlanish lozim. Biz sizga bulardan tashqari shifokor maslahati orqali tuzilgan tavsiyalar bilan o'rtoqlashmoqchimiz.
🚼 Umurtqangiz to'g'ri bo'lishi bo‘yicha muolajalar mavjud bo'lib, ulardan eng samaralisi massaj hisoblanadi. Uqalash orqali siz nafaqat umurtqa pog'onangizni yaxshilaysiz, balki tanangizni ham "zaryadlab" olishingiz mumkin.
🛏 To'g'ri yotishga odatlaning. Iloji boricha to'g'riga qarab, yonboshlamagan holda yotish umurtqani bir tekisda o'sishiga yordam beradi. Shuningdek, yotadigan o'rningiz qattiq bo'lishi, suyaklarni chiniqtiradi.
🕰 Ishlash jarayonida tanaffus qilib turing. Ishingiz ko'payib ketgan bo'lsa ham, 5 daqiqa qisqa badantarbiya uchun vaqt ajrating.
👤 Qaddingizni tik tuting. Umurtqadagi suyaklar ishlab turmasa, qotib qoladi. Agar siz bukchaygan holda ko'p vaqtingizni o'tkazsangiz, bu umurtqangiz qiyshiq o'sish ehtimolini keltirib chiqaradi.
📌 Umurtqa qiyshiqligini davolash qiyin va u qanchalik erta boshlangan bo'lsa, rivojlangan alomatlar bilan kurashish shunchalik qiyin bo'ladi. Shuning uchun sizda yuqoridagi muammolar uchrasa, shifokorga tashrifni kechiktirmaganingiz ma'qul.
01/03/2022
Nega bizning markazni tanlaysiz?
😉 Bizni markazni tanlash uchun yetarlicha sabab bor. Biz esa ulardan to'rtta asosiy jihatlarini tushuntirib o‘tamiz.
— Diagnostika markazimizning ustunligini birinchi sababi uning hammaga tanish joyda bo'lganligidir. U yerga bormoqchi bo'lgan mijozlar yo'lni oson t**a oladi.
— Malakali shifokorlar. Bizdagi shifokorlar ancha tajribali bo‘lib, ko‘p yillar mobaynida o‘z ishlarini ustasi sifatida ish yuritishadi.
— Barchasi qonuniy. Kompaniya o‘z faoliyatini boshlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega. Unda noqonuniy tartibda ish ko‘rilmaydi.
— Samarali uslublarga ega. AlgoMed o‘zining alohida yo‘nalishiga ega hisoblanib, u yerda diagnostika asosiy rolni ijro etadi.
⚡️ Agar siz bizni tanlagan bo‘lsangiz, hoziroq biz bilan bog'lanib bepul konsultatsiya xizmatidan foydalaning!
AlgoMed — salomatlik sari siz bilan.
🛎 Bepul konsultatsiya
📞 Batafsil: 99 188 46 00 | 99 188 47 00
📍 Manzil: Andijon viloyat, Oltinko'l tumani
01/03/2022
To'g'ri ovqatlanishga e'tibor bering
🍽 To'g'ri ovqatlanish inson tomonidan yuqori e'tibor talab qiladi. Lekin juda ko'p odamlar tez tayyor bo'luvchi taomlarni iste'mol qilgani yetmaganday, ovqatlanishni ham o'z paytida amalga oshirmaydi.
💁🏻♂️ Noto'g'ri ovqatlanish organizmning oshqozon qismiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lib, agar shu yo'sinda davom etilsa, og'ir kasalliklarga va qiyin jarrohlik amaliyotlarini o'tkazishga olib keladi. Buning chorasini ko'rish uchun quyida bir qancha foydali maslahatlar berib o'tamiz.
⏰ Har kuni bir vaqtda ovqatlaning. Kunlik ratsioningizni grafik orqali tartibga keltirib oling va iloji boricha bir xil vaqtda tamaddi qiling.
☕️ "Kam-kam xo'ram hamisha xo'ram". Agar siz diyetada bo'lsangiz, semirishdan aziyat cheksangiz, kamroq lekin tez-tez ovqatlaning.
01/03/2022
Tishlar e'tiborni yaxshi ko'radi
🦷 Ovqatlanish va hazm jarayoni yaxshi amalga oshishi uchun tishlarimizni ehtiyotlashimiz zarur. Agar unga bee'tiborlik bilan istaganimizcha foydalansak, juda ham xunuk holatlar ishtirokchisi bo'lib qolishimiz mumkin.
✅ Bugungi tayyorlagan postimizda tishlarimizga e'tibor bermaslik qanday oqibatlarga olib kelishi haqida qisqacha to'xtalib o'tdik. Ular bilan tanishgan holda tishingizni g'amxo'rligi va unga befarq bo'lmaslik choralarini mukammallashtirsangiz bo'ladi.
01/03/2022
O'zingizni avaylang, iltimos
⚡️ Inson bu qisqa dunyoda yashar ekan, doim nima uchundir mehnat qiladi, ammo hordiqsiz ishlagan tana a'zolarining roziligi haqida esa hech bosh qotirmaydi. Aziz, do'stlar mehnat, ish, maosh, obro' - bularning barchasi kerakli narsa, lekin barmoqni uzilib ketguncha tortish yaxshi emas.
🍔 To'xtovsiz mehnat va siz vaqtdan yutish uchun tez tayyor bo'ladigan "fast food" ovqatlari organizmni charchatib qo'yadi. Natijada, u regeneratsiya jarayonini sekin yoki noto'g'ri amalga oshira boshlaydi.
📌 Agar siz foydali dam olish uchun kerakli maslahatlarga ega bo'lishni xohlasangiz, AlgoMed shifokorlariga murojaat qiling!
AlgoMed salomatlik sari siz bilan
🛎 Bepul konsultatsiya
☎️ +998991884700 | +998991884600
Click here to claim your Sponsored Listing.
Category
Telephone
Website
Address
Chinobod Ko'cha
Oltinkul
Opening Hours
| Monday | 08:00 - 17:00 |
| Tuesday | 08:00 - 05:00 |
| Wednesday | 08:00 - 05:00 |
| Thursday | 08:00 - 05:00 |
| Friday | 08:00 - 05:00 |
| Saturday | 08:00 - 05:00 |
