Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi

Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi, Health/Beauty, Samarkand.

21/01/2026

🏥 Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Nizamov Azizbek Karimbayevichning aholi va soha xodimlariga

📣 MUROJAATI

⚠️ Korrupsiya - jamiyat taraqqiyotiga, xalq farovonligiga va sog‘liqni saqlash tizimidagi ishonchga jiddiy putur yetkazadigan xavfli illatdir.

📌 Bugungi k***a korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, balki fuqarolik jamiyatini mustahkamlashda ham muhim omil hisoblanadi.

💻 Maʼlumki, mamlakatimizning barcha sohalarida qisqa vaqt ichida qator elektron modullarni o‘zida jamlagan Yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED) yaratilib, viloyatdagi tibbiyot muassasalarida ishga tushirilgani korrupsiya xavflarini barvaqt aniqlash va oldini olishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

👥 Hurmatli fuqarolar!

❗ Agar siz korrupsiyaga oid holatga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang:

📞 Sog‘liqni saqlash vazirligining qisqa: 1203 ishonch telefoni

📞 Mening shaxsiy telefon raqamim: +998 99 008 14 00 orqali murojaat qilishingiz mumkin.

07/01/2026

Tibbiyot xodimlarining ish haqi oshirildi

2026-yil 1-yanvardan boshlab soha vakillarining maoshlari sezilarli darajada oshirildi 📈

🔹 Tibbiyot xodimlari oylik maoshlari — 15% dan 30% gacha
🔹 KPI tizimi asosida rag‘batlantirish — maoshning 50% gacha
🔹 Hamshiralar va kichik tibbiy xodimlar ish haqi — o‘rtacha 20% ga oshiriladi 👩‍⚕️👨‍⚕️

📄 Bu haqda prezidentning 09.11.2025-yildagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.

KPI Ragbatlantirish SogliqniSaqlash PrezidentQarori YangiO‘zbekiston

Photos from Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi's post 10/07/2025

2025-yil 23–26-iyun kunlari Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida “Davlat tibbiy sug‘urta tizimida tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish” mavzusidagi amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

💻 Treningda Navoiy viloyatining Konimex va Qiziltepa tumanlari hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar, bosh buxgalterlar va iqtisodchilar ishtirok etdi.

🇩🇪 Tadbir Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

✅ Ushbu trening 2025-yil 1-iyuldan boshlab Samarqand va Navoiy viloyatlarida tibbiyot muassasalarini yangi va shaffof moliyalashtirish mexanizmlari asosida mablag‘ bilan taʼminlash jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimida moliyalashtirishning yangi modeli sog‘liqni saqlash muassasalari samaradorligini oshirish, shaffoflikni taʼminlash va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Photos from Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi's post 25/06/2025

Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va tibbiyot muassasalarini boshqarish” doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-311-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:

📊 Samarqand shahrida joriy yilning 16-20-iyun kunlari oralig‘ida xalqaro va milliy ekspertlarni jalb etgan xolda uch kunlik ikki guruhga bo‘lingan xolda tuman va shahar tibbiyot muassasa rahbarlari uchun seminar trening bo‘lib o‘tmoqda.

🫡 Ushbu seminarda trener sifatida Toshkent shahar sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ini o‘rinbosari Ilxom Majitov va Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Azizbek Nizamovlar trener sifatida ishtirok etishmoqda.

13/06/2025

’lochisi

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida

🩺 Sog‘liqni saqlash tizimida mehnati, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi yuksak fidoyiligi va kasbiy mahorati, shuningdek, tibbiy profilaktika va hamshiralik yo‘nalishidagi alohida xizmatlari uchun:
👩‍⚕️ Qosimova Aziza Abdusamatovna, Toshkent shahar, Olmazor tumani 14-son oilaviy poliklinikasi hamshirasi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

🇺🇿 Mukofot Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. B.Isabekov tomonidan topshirildi.

Photos from Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi's post 26/05/2025

🇺🇿 🇨🇳 Olmazor tuman tibbiyot birlashmasiga Xitoy «Shuolan» kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.

💊 Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Xitoy «Shuolan» kompaniyasi vakillarini kutib olib, mehmonlarga markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikada olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab o‘tdi va kelgusidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xususida kelishib olindi.

Photos from Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi's post 17/05/2025

📹 📸🎤Jurnalistlar va blogerlar uchun PRESS-TUR tashkil etildi!

Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi, Markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikada “Sog’lom turmush tarzi” mavzusida PRESS-TUR tashkil etildi.

Photos from Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi's post 12/04/2025

Olmazor tumani prokurori A.G.Axunov va tuman IIO FMB boshlig‘i M.M.Vafoyevlar masʼul tashkilotlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi:

“Respublika mahallalarida xavfsiz muxitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorning ijrosi bo‘yicha mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishib chiqib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Photos from Olmazor Tuman Tibbiyot Birlashmasi's post 27/03/2025

Olmazor tumani aholisi uchun tibbiy ko‘riklar davom etmoqda

Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi 20-oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan “Oltinsoy” MFY aholisining 127 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikda aniqlangan 127 nafar bemordan:
🟡 87 nafariga ambulator sharoitda,
🟡 2 nafariga shahar,
🟡 1 nafar bemorga esa Respublika muassasalarida davolanishlari uchun yo‘naltirildi.

Ambulator sharoitda davolanishga muhtoj bemorlar Oilaviy poliklinika tomonidan bepul dori-darmonlar bilan ta’minlandi.

Want your business to be the top-listed Beauty Salon in Samarkand?
Click here to claim your Sponsored Listing.

Category

Website

Address


Samarkand