rozaxon_gynecologist

rozaxon_gynecologist

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from rozaxon_gynecologist, Health/Beauty, Tashkent.

16/08/2023

😴🥱 Tug’ruqdan keyin yosh onalarda uyqusizlik yangi norma bo'lmasligi kerak!

🥱Tug’ruqdan keyin uyquning buzilishi ayniqsa birinchi 6 haftada sezirarli darajada kechadi.

☑️Uyqu bilan bog'liq muammolar nima uchun kelib chiqadi?
- bolaning dunyoga kelishi, uyquchanlikka olib keladigan progesteron ishlab chiqarishning kamayishi,
- melatonin darajasining o'zgarishi,
- tug'ruqdan keyingi tushkunlik va depressiya,
- temir tanqisligi anemiyasi,
- tug'ruqdan keyingi o'zgarishlar (epizotomiya, laktatsiya, choklar).

💁🏻‍♀️Qanday xavf bor?
🤱👩‍🍼Uyqusizlik sizni va chaqalog'ingizni xavf ostiga qo'yishi mumkin, ayniqsa chaqaloqni parvarishi va emizish davrida.
🚗🚘Reaksiya vaqtining o’zgarishi: mashina haydash kabi muayyan vaziyatlarga sekinroq munosabatda bo'lish.
🤷‍♀️🤦‍♀️Tug’ruqdan keyingi depressiya, tashvish, asabiylashish va bosh og'rig'ining rivojlanishi.

🔺🔺Tavsiyalar:
✔️Uyqu jadvalingizni o'zgartiring: chaqalog'ingiz uxlayotganda uxlang.
✔️Turmush o’rtog’ingiz bilan bola tarbiyasini birga olib boring. Ota-onalardan biri uxlaganda, ikkinchisi esa tagliklarni almashtirish va/yoki chaqaloqni oziqlantirish bilan shug'ullanadi.
✔️ Do'konga biror narsa sotib olish maqsadida bo'lsa ham ertalab sayrga chiqing. Tabiiy quyosh nuri kunlik ritmlarni o'zgartirishi mumkin.
✔️Uyqu gigiyenasini rioya qiling: bir vaqtning o‘zida yotishga va uyg‘onishga harakat qiling, yotoqxonangizni iloji boricha qulayroq qiling, qorong‘i tuting.
✔️O’z holingizcha turli preparatlar orqali davolash bilan shug’ullanmang, albatta shifokorga murojaat qiling.

Tug’ruqdan keyingi uyqu sizda qanday kechgan?
Tajribangiz bilan bo’lishing, Azizlarim❤️

#роды #послеродоваядепрессия #бессоница #родыестественные #акушерство #акушергинеколог #гинекология #гинекологташкент

06/08/2023

🤰Homiladorlikda molochnitsa (kandidoz)

Homiladorlikda molochnitsa rivojlanishining asosiy ikkita sababi bor:
🔺Immun tizimining sustlashuvi.
🔺Gormonal nisbatning oʻzgarishi.

Kandidoz belgilari:
☑️Tashqi jinsiy aʼzolarda qichishish
☑️Qindan oq rangli ajralmalar kelishi.
☑️Peshob ajralish vaqtida achishish hissi.
☑️Qindan kelayotgan ajralmalarning yoqimsiz hidga egaligi. 

💊Davo esa antimikotik preparatlar bilan amalga oshiriladi.

✔️Eʼtibor bering: homiladorlik vaqtida bu kabi davo muolajalarini mustaqil ravishda ginekolog maslahatisiz qoʻllash mumkin emas!

🆘Homiladorlik vaqtida kandidoz kasalligi toʻliq davolanishi shart. Koʻpchilik ayollar davo muolajalarini kasallikning ayrim belgilari yoʻqolishi bilan toʻxtatib qoʻyadilar, yaʼni davo choralari 2-3 kun davom etadi xolos.

03/08/2023

🤰Homiladorlik davrida Omega-3 nima uchun muhim?

💊Omega-3 farzandingizning tez rivojlanayotgan miyasi,
uning nerv tizimi va
ko‘zlarining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.

💊Omega-3 homiladorlik davrida bolaning kognitiv rivojlanishi uchun ko‘plab afzalliklarga ega va uning butun hayoti davomida bilim olish ko‘nikmalariga poydevor qo‘yishga yordam beradi.

💊Omega-3’ning afzalliklari
✅Tug‘ilganda vaznning me’yorda bo‘lishi
✅Vaqtidan ilgari tug‘ish xavfini kamayishi
✅Farzandingiz ulg‘ayganda ekzemaning rivojlanish xavfini kamayishi
✅Ancha sog‘lom va baquvvat suyaklar

💊Omega-3 homiladorlikning so‘nggi bosqichlarida va bola tug‘ilgandan keyin dastlabki bir necha oy davomida ayniqsa muhim ekanligini ham ko‘rsatadi. Bu yog‘lar nafaqat bolaning sog‘ligi va rivojlanishiga yordam beradi, balki tug‘ruqoldi va tug‘ruqdan keyingi depressiya xavfini ham pasaytiradi.

🔴Homiladorlik davrida qancha miqdorda Omega-3 qabul qilish kerak?
✔️Homiladorlik davrida qancha miqdorda Omega-3 kerak bo‘lishi haqida yagona qoida yo‘q.
✔️Eng yaxshisi, haftasiga 2 porsiya yog‘li baliq iste’mol qiling yoki ratsioningizga 2 choy qoshiq zig‘ir moyini kiriting.

Siz homiladorligingizda Omega-3 ishganmisiz?

30/07/2023

Homiladorlikni qanday aniqlash mumkin?

🤰Hozirgi vaqtda homiladorlikning mavjudligini tez va aniq aniqlash imkonini beruvchi bir necha usullar mavjud. Ulardan eng mashhurlari dorixonalarda sotiladigan homiladorlik testlaridir‼️

Eng aniq usul esa - qonda XGCh gormoni miqdorini aniqlash hisoblanadi.

Homiladorlikning boshlanishini qanday taxmin qilish mumkin?
Homiladorlikning boshlanishini quyidagi belgilar bilan baholash mumkin:

• eng asosiy alomat odatda muntazam hayz ko'rishda kechikishdir
• ko'krak va ko'krak qafasining shishishi
• ta'mning o'zgarishi
• ba'zi hollarda umumiy zaiflik, ko'ngil aynishi, vaqti-vaqti bilan qayt qilish
• bazal harorat 37 C dan yuqori
• ginekolog tomonidan ayolning bimanual tekshiruvidan foydalangan holda belgilanadigan bachadonning yumshashi va uning biroz o’lchami ortishi.

Azizlarim, sizda qanday o’zgarishlar kuzatilgan? Homiladorlikni qaysi muddatda va qanday qilib bilgansiz? Albatta kommentariyalarda yozib qoldiring 🌸

30/07/2023

Homiladorlikni qanday aniqlanadi?

🤰Hozirgi vaqtda homiladorlikning mavjudligini tez va aniq aniqlash imkonini beruvchi bir necha usullar mavjud. Ulardan eng mashhurlari dorixonalarda sotiladigan homiladorlik testlaridir‼️

Eng aniq usul esa, qonda XGCH gormonini tekshirish hisoblanadi.

Homiladorlikning boshlanishini qanday taxmin qilish mumkin?
Homiladorlikning boshlanishini quyidagi belgilar bilan baholash mumkin:

• eng asosiy alomat odatda muntazam hayz ko'rishda kechikishdir
• ko'krak va ko'krak qafasining shishishi
• ta'm sezishning o'zgarishi
• ba'zi hollarda umumiy zaiflik, ko'ngil aynishi, vaqti-vaqti bilan qayt qilish
• bazal harorat 37 C dan yuqori
• ginekolog tomonidan ayolning bimanual tekshiruvidan foydalangan holda belgilanadigan bachadonning yumshashi va uning biroz o’lchami ortishi.

Siz homiladorlikni qanday usul bilan bilgansiz va qaysi muddatda? Albatta kommentariyalarda bo’lishing.🌸

23/07/2023

❤️ KTG - BU NIMA VA UNI QACHON QILISH KERAK?

❗️KTG (kardiotokografiya) homila yuragi faoliyatini doimiy ravishda qayd etuvchi kardiografiyadan iborat bo’lib, u bachadon qisqarishini ham ro'yxatga oladi.
🛑Taxikardiya, 🛑artimiya va
🛑homiladagi bradikardiyaga shubha tug'ilganda homilador ayollarda o'tkaziladi.

👩🏻‍⚕️KTG asosiy akusherlik tekshiruvlaridan biri bo’lib, homiladorlikning so’nggi haftalarida va tug’ruq davrida bolaning sog'lig'ini tekshirishning eng samarali vositalaridan biridir.

❗️KTG chastotasi past bo'lsa, bu homilada gipoksiyaning belgisi bo'lishi mumkin.

❗️Boshqa tomondan, homilaning yuragi tez urganida, bu infektsiya borligi haqida signal bo'lishi mumkin.

👩🏻‍⚕️Bu tekshiruv bolaning yurak urishini va uning barcha harakatlarini qayd etish imkonini beradi.

✅ Normada ona qornidagi chaqaloqning yurak urishi daqiqada 110-160 urish oralig'ida bo'lishi kerak.

KTG tekshiruvidan o’tganmisiz va qanday natijalar bo’lgan, kommentariyalarda bo’lishing, azizlarim 🌸

#ктг #ктгплода #гипоксияплода

22/07/2023

💋 Tug’ruqdagi ayol tug’ruq bo’limiga qabul qilinqanda qabul bo’limida tekshiruvdan o’tadi, holatiga qarab akusher ginekolog shifokor tomonidan kerakli muolajalar va kelgusi taktika ishlab chiqiladi👩🏻‍⚕️

Kerakli laborator tekshiruvlarni topshirgandan so’ng, muolajalar boshlanadi.

Shifokorga albatta o’z vaqtida murojaat qiling😍 Shirintoy bolajoningizni osongina bag’rizga bosib oling👶

#роды #ЕР #КС #ЕРпКС

22/07/2023

💋 Tug’ruqdagi ayol tug’ruq bo’limiga qabul qilinqanda qabul bo’limida tekshiruvdan o’tadi, holatiga qarab ginekolog shifokor tomonidan kerakli muolajalar va kelgusi taktika ishlab chiqiladi👩🏻‍⚕️.
Kerakli laborator tekshiruvlarni topshirgandan so’ng, muolajalar boshlanadi.
Shifokorga albatta o’z vaqtida murojat qiling😍 Shirintoy bolajonizi osongina bag’rizga bosib oling👶

’ruq

20/07/2023

Salom, Azizlarim!💋
Bu qayta tanishuv posti.

Siz qayerda ishlaysiz?
Sizni qanday qilib topsam bo’ladi?
Qabulingizga qanday qilib yozilsak bo’ladi?

Shu kabi savollarga javob qoldiraman🙏

Siz shifokor akusher ginekolog Rozaxon Shaxobiddinovna sahifasidasiz👩🏻‍⚕️
Sizni sahifamda ko’rganimdan juda mamnunman🫶

Xozirda 8-son shaxar tug’ruq kompleksida ish olib boraman.
Qabulga direkt yoki telegram orqali yozilishingiz mumkin.
Siz menga bepushtlik, homiladorlikdagi muammolar, homiladorlikni olib borish, tug’ruq, ginekologik muammolar, akusherlik va ginekologik jarrohlik amaliyoti, kontrasepsiya bo’yicha murojat qilishingiz mumkin.

Hozirgi kunga qadar 1000 dan ortiq konsulatasiya o’tqazganman va albatta shirindan shakar 200 tadan ortiq bolajonlarni dunyoga kelishiga ko’mak berganman.🐣

Siz qayerdansiz va yoshingiz nechchida? Akusher ginekologga nima savollar bo’yicha murojaat qilgansiz? Javobingizni kommentariyalarda kutaman.🌸

18/06/2023

17.06.2023г. МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
“АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ГИНЕКОЛОГИИ И РЕПРОДУКТОЛОГИИ”. День удался. 80% успеха - это появиться в нужном месте в нужное время. Всем спасибо люблю 💋

#гинекология #гинекологрепродуктолог #акушерство #акушергинеколог #родысамостоятельные #оперативныероды #консультация #приембольных #эндометриоз #полипэндометрия #лечение

02/06/2023

🌹Вы не найдете в мире вокруг себя ничего того, чего нет в вашей душе. В каждой душе есть и хорошее, и плохое.
Чем больше любви, мудрости, красоты, доброты вы откроете в самом себе, тем больше вы заметите их в окружающем мире. Вам кажется, что если вы чего-то не видите, этого не существует. Нет, просто вы не замечаете в мире того, чего нет внутри вас.👏

#гинекология #акушергинеколог #роды #родыбезболи #партнерскиероды #родысрубцом #бесплодие #первичноебесплодие #гинекологташкент #акушерташкент

06/05/2023

| Беременность 39 неделя | Роды. Мальчик 3410 грамм, 51 см.

#алхамдулиллах #алхамдулиллах🌸 #алхамдулиллах🙏 #роды #родыбезболи #естественныероды #физиологическиероды

Want your business to be the top-listed Beauty Salon in Tashkent?
Click here to claim your Sponsored Listing.

Category

Website

Address


Tashkent