Fvso'tyabism

Fvso'tyabism

Share

спорт школа

11/01/2026
Photos from Fvso'tyabism 's post 07/01/2026

2026 йилнинг 7 январ куни "Истиклол" теннис мажмуасида ФВСУТЕАБИСМнинг 2025 йилда амалга оширилган ишлар ва 2026 йилга белгиланган вазифалар юзасидан навбатдаги Тренерлар кенгаши йигилиши утказилди Йигилишни спорт мактаби директори С.Саидходжаев очиб берди хамда кун тартибидаги масалалар билан таништириб утди. Шунингдек, масьуллар ва спорт турлари буйича катта тренерлар хисоботи эшитилди. 2025 йилда утказилган Республика ва халкаро микёсдаги, жахон чемпионати, Осиё ва Пара Осиё уйинлари, МДХ давлатлари уйинлари, Ислом бирдамлик уйинларида жами 356 та медаллар кулга киритилди. Шу билан бирга "Президент олимпиадаси"да 1 та биринчи урин (енгил атлетика) ва 1 та иккинчи урин (баскетбол 3х3) кулга киритилди. 2025 йил давомида жами 283 та спорт разрядлари ва унвонлари талаби бажарилди ва расмийлаштирилди. Бундан 17 таси Узбекистон спорт устаси унвони бажарилди. Йигилишда нуфузли мусобакаларда юкори натижалар кайд этган спортчилар ва уларнинг тренерлари рахбарият томонидан эсдалик совгалари билан такдирланди. Шунингдек, 2026 йилда амалга ошириладиган ишлар юзасидан масьулларга зарурий топшириклар берилди.

14/12/2025

"Dubay–2025" yoshlar o'rtasida para Osiyo o‘yinlarida yana bir natija.

V yoshlar para Osiyo o‘yinlarida FVSO'TYABISM yana bir shug'ullanuvchisi para yengil atletika bo'yicha o‘z mahoratini namoyish etib, sovrinli o'rinni egalladi.

Hikmatillo Mamaroziqov – para yengil atletika F-46 klass yo'nalishida ikkita medalni qo'lga kiritdi.

Disk uloqtirish - oltin medal,
yadro uloqtirishda - kumush medal

Photos from Fvso'tyabism 's post 14/12/2025

Yoshlar para Osiyo o‘yinlarining para yengil atletika yo‘nalishida Farg'ona viloyat sportning o'yin turlari va yengil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi shugullanuvchisi Imomaliyeva Sabinabonu yuqori natijalarni qayd etib, uch yo‘nalishda sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Balandlikka sakrash: 1,32 m – oltin medal

Uzunlikka sakrash: 4,23 m – kumush medal

200 m yugurish: bronza medal
Mazkur natijalar sportchining tinimsiz mehnati, intilishi hamda murabbiylar jamoasining samarali tayyorgarlik jarayonlaridan dalolat beradi.

Sportchimizni ushbu yuksak yutuqlari bilan tabriklaymiz.

28/09/2025

Yorqinbek Odilov jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

25 yoshli o‘zbekistonlik para yengil atletikachi Yorqinbek Odilov Hindistonning Nyu-Deli shahrida davom etayotgan Jahon chempionatining F57 toifasidagi nayza uloqtirish bellashuvlarida kumush medalga ega chiqdi.

Hamyurtimiz o‘z urinishlari doirasida 52.06 m natija bilan shaxsiy rekordini yangiladi.

Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida nayza uloqtirish dasturi (F57)

🥇Muhammet Xalvandi (Turkiya) - 53.30
🥈Yorqinbek Odilov (O'zbekiston) - 52.06
🥉Amanollah Papi (Eron) - 51.55

Endi Yorqinbek hisobida Jahon chempionatlarining 2 ta medali mavjud. U 2023-yilda Parij mezbonligidagi dunyo birinchiligida ham kumush medalni qo'lga kiritgandi.

Photos from Fvso'tyabism 's post 25/06/2025

🏀 Farg‘ona viloyatida basketbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi o'tkazildi.

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida sportning basketbol turi bo‘yicha U-14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 30 ta jamoaning 400 nafarga yaqin sportchilari g‘oliblik uchun bellashdilar.

Musobaqa yakuniga ko'ra quyidagi natijalar qayd etildi:

O'gil bolalar o'rtasida:

1-o'rin: Farg'ona viloyati;
2-o'rin: Navoiy viloyati;
3-o'rin: Toshkent shahri;

Qizlar o'rtasida:

1-o'rin: Farg'ona viloyati;
2-o'rin: Qoraqalpog'iston Respublikasi;
3-o'rinni: Farg'ona-Sirdaryo jamoalari qo'lga kiritdi.


Yakunda g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Photos from Fvso'tyabism 's post 19/06/2025
Photos from Fvso'tyabism 's post 17/06/2025

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, O‘zbekiston tennis federatsiyasiv va Xalqaro tennis federatsiyasi hamda Osiyo tennis federatsiyasi hamkorligida tasdiqlangan 2025-yilda o‘tkaziladigan sport musobaqalari taqvim rejasiga muvofiq 2025 yilning 16-20-iyun kunlari Farg‘ona shahridagi “ISTIQLOL” tennis majmuasida sportning tennis turi bo‘yicha ATF 12 Under Team Competition Central Asia- Fergana tennis bo‘yicha ATF 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar terma jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo saralash bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu o'yinlarga start berildi...

Photos from Fvso'tyabism 's post 24/05/2025

Ўзбекистон Республика спорт вазирлиги, Ўзбекистон теннис федерацияси томонидан тасдикланган мусобакалар таквим режасига асосан 2025 йил 18-24 май кунлари Фаргона шахар Истиклол теннис мажмуасида 12,14,16 ва 18 ёшгача булган ўсмирлар ва кизлар ўртасида Ўзбекистон чемпионати утказилди. Ушбу чемпионатда 200 дан ортик спортчилар иштирок этишди. Тошкент шахар, Қоракалпоғистон Республикаси,Тошкент вилояти, Фаргона, Қарши, Сирдарё, Сурхандарё, Бухоро, Навоий, Самарқанд, Хоразм, Андижон, Наманган вилоятларидан спортчилар катнашди. Чемпионатнинг голиб ва совриндорлари Узбекистон Республикаси спорт вазирлигининг 1,2,3-даражали дипломлари ва ФВСУТЕАБИСМ томонидан киммат бахо эсдалик совғалари билан муносиб такдирланишди.

Want your business to be the top-listed Beauty Salon in Fergana?
Click here to claim your Sponsored Listing.

Category

Telephone

Website

Address

Фаргона вилояти
Fergana
150100

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00